Andijon davlat universiteti kirish ballari, qabul kvotalari

Andijon davlat universiteti kirish ballari, qabul kvotalari

Elektron pochta:

agsu_info@edu.uz

Rasmiy sayt:

www.adu.uz

Manzil:
Andijon viloyati, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129- uy, pochta indeksi: 170100

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti o‘z tarixini 1931 yildan boshlaydi. Avval Farg‘ona pedagogika insituti filiali, 1939 yilda o‘qituvchilar instituti, so‘ngra 1953 yildan Andijon davlat pedagogika instituti bo‘lib, Vatanimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, 1992 yil 28 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Andijon davlat pedagogika instituti Andijon davlat universitetiga aylantirilgan.

Bugungi kunda universitetda Filologiya, Tabiiy fanlar, Tarix, Ijtimoiy iqtisodiyot, Pedagogika, Fizika-matematika, Xorijiy tillar, Jismoniy madaniyat va Maktabgacha ta’lim kabi 9 ta fakultet, shuningdek, 33 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.

Universitetda 29 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida 10 ming 100 dan ortiq, 18 ta magistratura mutaxassisliklarida 160 dan ortiq talaba ta’lim olmoqda.

Hozirgi kunda universitet bitiruvchilari xalqaro tashkilotlarda, yirik transmilliy korporatsiyalarda, O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarida, ta’lim tizimida hamda nodavlat sektorda faoliyat ko‘rsatmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x