BLAGOVESHChENSK

BLAGOVESHChENSK — RFdagi shahar (1858-y. dan), Amur viloyatining maʼmuriy markazi. T. y. stansiyasi. Zeya daryosining Amur daryosiga quyilish yeridagi port. Aholisi 241 ming kishidan (1999). Blagoveshchensk 1856-y. da UstZeyskiy nomi bilan harbiy post sifatida vujudga kelgan. Mashinasozlik (konruda va oltin qazib olish sanoati uchun jihozlar, elektr asboblari ishlab chikariladi, kemasozlik z-dlari va b. z-dlar), yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. 4 oliy oʻquv yurti, drama va qoʻgʻirchoq teatrlari, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x