GUANSI-CHJUAN MUXTOR RAYONI

GUANSI-CHJUAN MUXTOR RAYONI — Xitoyning jan. dagi milliy maʼmuriy birlik. Siszyan daryosi havzasida. 1958-y. da avvalgi Guansi provinsiyasi oʻrnidatashkil etilgan. Mayd. 236 ming km2. Aholisi 46,7 mln. dan ziyod kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Nannin sh.

Hududining katta qismi togʻ va tepaliklar. Koʻp qismining bal. 1000 m dan past. Eng baland joyi 2070 m. R-nning shimolida karst relyef shakllari koʻp uchraydi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shimolida 6°, jan. da 14°, iyulniki 24 — 28°. Tuprogi, asosan, laterit. Doim yashil oʻrmonlar bor. Subtropik va tropik oʻsimiklar oʻsadi.

Iqtisodiyotining yetakchi tarmoqi — q. x. R-n yer maydonining 11,5%i ishlanadi. Asosiy ekini — sholi (ekin mayd. 64%), shuningdek, batat, shakarqamish, yer yongʻoq, kunjut, indov, raps, tamaki, meva, choy, tung, kofe, paxta; ziravorlardan dolchin, arpabodiyon, muskat yongʻogʻi, zanjabil va b. yetishtiriladi. Ekinlardan yiliga 2 — 3-marta hosil olinadi. Chorvachilik yordamchi ahamiyatga ega; parrandachilik rivojlangan. Junszyan daryosi vodiysining yuqori qismida yogʻoch tayyorlanadi. Sanoatida koʻproq sholi oqlash, yogʻ, shakarqand, yogʻochsozlik, qogʻoz, toʻqimachilik tarmoqlari rivojlangan. Yer osti boyliklaridan qalay, marganes, qoʻrgʻoshin va pyx, toshkoʻmir qazib chiqariladi. Metallurgiya va mashinasozlik, kimyo korxonalari bor. Hunarmandchilik bilan ham shugʻullaniladi (Binyanda chinni ishlab chiqariladi). Eng katta sanoat markazi — Nannin va Lyuchjou. Siszyan va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Syanguy kanali orqali Yanszi daryosiga oʻtiladi. Rayon t. y. orqali boshqa hududlar bilan bogʻlangan. Koʻplab oliy oʻquv yurtlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x