GOLDSHMIDT Viktor Moris

GOLDSHMIDT Viktor Moris (1888.27.1, Syurix – 1947.20.3, Oslo) — norvegiyalik geokimyogar, geokimyo asoschilaridan biri. Oslodagi Geologiya muzeyining direktori, Oslo un-ti prof. (1914). Goldshmidt kimyoviy elementlarning geokimyoviy tasnifini ishlab chiqqan. Goldshmidtning kristallar kimyosi sohasidagi ishlari elementlarning Mendeleyev davriy sistemasidagi oʻrni bilan atom va ion kattaliklari oʻrtasida muhim bogʻlanish borligini ochib berdi. Goldshmidt temir guruxidagi elementlarning migratsiyasini, shuningdek, galliy, seriy, skandiy, bor, litiy, rubidiy, seziy, berilliy, selen, margimush, oltin va platinali metallarni Yer poʻstida tarqalish xususiyatini oʻrgandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x