GOMOGEN REAKTOR

GOMOGEN REAKTORyadro yonilgʻisi bilan sekinlatkich gomogen aralashma (neytronlar uchun bir xil muhit) hosil qiladigan atom reaktorы. Bunda aralashma yadro yonilgʻisi bilan sekinlatkichning suyuq eritmasidan yoki zarralar suspenziyasidan iborat boʻlishi mumkin; suspenziyadagi zarralar oʻlchami esa neytronlarning erkin yugurish uzunligidan ancha kichik boʻladi. Energetika maqsadlari uchun moʻljallangan qaynar reaktorda kukunsimon uran (yoki plutoniy) bilan suv aralashmasi bir jinsli sistemani tashkil qiladi. Gomogen reaktorda maxsus issiq,lik eltuvchilar ishlatilmaydi. Gomogen reaktor aktiv zonasidagi issiqlik ikki usulda: shu zonaga oʻrnatilgan aylanma nay orqali sovuq suv yuborib va aktiv zonani aylanib yuruvchi ogʻir suv ichiga oʻrnatib ajratib olinadi. Gomogen reaktorni sozlab turish uchun alohida sistema talab qilinmaydi, u bir meʼyorda ishlab turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x