GEOMETRIK AKUSTIKA

GEOMETRIK AKUSTIKA — akustikaning tovush nurlari haqidagi tasavvurlar asosida tovush tarqalishini oʻrganadigan boʻlimi. Asosan tovush nuri trayektoriyasi va toʻlqin sirti siljishini aniqlash bilan shugʻullanadi. Nurlarning eng oddiy koʻrinishi, yaʼni toʻgʻri chiziklar bir jinsli muhitlarda kuzatiladi. Geometrik akustika qonunlari geometrik optika (mas, yorugʻlikning qaytish va sinish) qonunlari kabidir. Geometrik akustika usullari akustikaning barcha boʻlimlari (molekulyar akustika, tovush akustikasi, gidroakustika, meʼmorlik akustikasi va h. k.) masalalarini hal qilishga tatbiq etiladi. Geometrik akustika qonunlari asosida tovushni bir jinsli boʻlmagan muhitlar (dengiz, atmosfera)da tarqalishining taqribiy nazariyasini yaratish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x