GEOKIMYOVIY QIDIRISH

GEOKIMYOVIY QIDIRISH — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada kimyoviy elementlarning tarqalish qonuniyatlarini oʻrganishga asoslangan foydali qazilma konlarini topish metodlari. Geologik qidirish maqsadida oʻrganilayotgan moddalarning xususiyatiga koʻra G. q. litokimyoviy, gidrokimyoviy, atmokimyoviy (gazli) va biokimyoviy metodlarga boʻlinadi. Togʻ jinslari, tuproq, tabiiy suvlar, Yer atmosferasi va oʻsimliklarda kimyoviy elementlarning konlardan uzoqlashgan joylardagi oʻrtacha miqsori (klark soniga yaqin) geokimyoviy muhitni anglatadi. Foydali qazilma koni yakinida kimyoviy elementlarning mikdori koʻp boʻlib, geokimyoviy anomaliyani hosil qiladi. Geokimyoviy anomaliyalar konlar hosil bulishida vujudga kelgan birlamchi va ularning yemirilishidan hosil boʻlgan va ikkilamchi elementlar sochilish doirasidan iborat boʻlib, kon borligidan darak beradi.

Geokimyoviy qidirish tekshirilayotgan joydagi togʻ jinslaridan maʼlum tartib buyicha namunalar olib, ulardagi elementlarni muntazam ravishda aniqlash orqali bajariladi. Geokimyoviy qidirishdan rudali konlarni izlashda koʻproq foydalaniladi. Bunda Geokimyoviy qidirish qlardan eng muhimi litokimyoviy syomka, yaʼni togʻ jinslari va ularning nuragan mahsulotlaridan koʻplab namunalar olishga asoslangan. Bu metod asosida nodir metallar va oltinning koʻp konlari topilgan. Gidrokimyoviy metod yer usti va osti tabiiy suvlaridan quruq choʻkindi hosil qilib, keyinchalik uni spektral yoki kimyoviy analiz qilib tarkibini oʻrganishga asoslangan. Atmokimyoviy metod uglevodorodli gazlar miqdorini tuproqdagi havoda yoki togʻ jinslari namunasida aniqlashga moʻljallangan. Biokimyoviy metod oʻsimliklarning kimyoviy tarkibini ulardan kul hosil qilib tekshirishdan iborat.

Geokimyoviy qidirish natijasida foydali qazilma konlarining element-indikatorlari miqdorini tasvirlovchi xarita va chizmalar tuziladi. Ular asosida geologik maʼlumotlarni inobatga olib aniqlangan geokimyoviy anomaliyalari talqin qilinadi. Geokimyoviy qidirish metodlarini rivojlanishida Oʻzbekistonda S. T. Badalov, R. Tolipovlar uz hissalarini qoʻshdilar. Siyrak va nodir elementlar konlarini qidirishda Geokimyoviy qidirishdan keng foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x