GAZLARNI SUYULTIRISH

GAZLARNI SUYULTIRISH — gazlarni kritik (chegaraviy) t-radan pastroq t-ralarda siqish yoʻli bilan suyuq holatga oʻtkazish. Kritik t-rasi atrof muhit t-rasi (amalda 220 K) dan yuqori boʻlgan Cl2, SO2, NH3 va b. gazlarni sanoat maqsadlarida suyultirish uchun kompressorlar vositasida siqiladi, soʻngra issiqlik almashtirgichda kondensatsiyalanadi. Bu holda sovituvchi agent (suv yoki nomakob) gazning kondensatsiyalanish issiqligini olib ketadi. Kritik t-rasi xona t-rasidan past boʻlgan gazlarni suyultirish uchun tegishli sovitish sikllaridan foydalangan holda, dastavval, ularni har bir gazga xos boʻlgan kritik t-radan pastroq t-ragacha sovitiladi, soʻngra tegishli bosim ostida siqib, suyuq holga keltiriladi. Past t-ralarda qaynaydigan gazlar (N2, O2 va b.)ni suyultirishda kaskad usuli qoʻllanilgan. Chuqur sovitish usulida quyidagilardan foydalaniladi: 1. Gazni drossellashda (maye, ventil orqali) gazning sovishi Joul — Tomson effektы tufayli yuz beradi. Bu holda drossellash oldidan gazning t-rasi Joul — Tomson effekta tufayli oʻz ishorasini oʻzgartiradigan inversiya nuqtasidan pastroqqa tushirilishi lozim. Shu sababli ham, maye, N2 ni suyuq N2 b-n, Ne ni esa suyuq N2 bilan sovitiladi; havo koʻpincha ammiak yoki freon bilan sovitilib, suyuqlikning chiqish miqaorini orttirish mumkin. 2. Gazni detanderda suyultiriщda izoentropik kengaytirish usulidan foy-dalaniladi. Siklning termodinamik qaytuvchanligini oshirish uchun turlicha t-ralar maromida ishlaydigan bir nechta detander ishlatiladi. Maye, Ne ni ikki detanderli siklda suyultirish uchun sovuqdik uch t-ra bosqichida hosil qilinadi.

Dastlabki havo suyultirish mashinalarida (nemis muhandislari K. Linde va Gempson, 1895) gazlarni kritik t-radan past t-ragacha sovitib, soʻngra suyultirish uchun drossellash usulidan foydalanilgan. Bunda Joul — Tomson effektidan tashqari muhim usulqarshi oqimda issiqdik almashish usulidan foydalanilgan. Vodorod va geliyni suyultirishda Joul—Tomson effektidan foydalanishga asoslangan ushbu usul hoz. suyultirish texnikasining asosini tashkil etadi.

Gaz adiabatik kengayishda tashqi ish bajarib sovishi yuz beradigan detan-derlardan birinchi bor fransuz muxandisi J. Klod havoni suyultirishda foydalandi (1902). Keyinchalik bu detanderlar takomillashtirildi. Yuqori samara bilan ishlaydigan turbodetander P. L. Kapitsa tomonidan yaratildi (1934). Bu mashina geliyni dastlab suyuq vodorod bilan emas, balki suyuq azot bilan sovitishga moslangan edi. Detanderda kengaytirish yoʻli b-n sovitish meʼyoriga yetkaziladi, gazni suyultirish esa bevosita drosellashda roʻy beradi. Ushbu usul yanada takomillashtirilib (amerikalikolim S. Kollinz, 1947), uning suyuq geliy tayyorlash unumdorligi 30 litr/soatgacha yetkazildi.

Suyultirilgan gazlar past t-ralarni hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Suyuq gaz ustidagi bugni jadal haydash yoʻli bilan deyarli barcha gazlarni qotish t-rasigacha sovitish, geliyning 3Ne izotopini jadal bugʻlatish orqa-li 0,3 K t-raga erishish mumkin. Shu holatda 3-106 Pa bosim ostida siqish orqaligina uni qattiq holatga oʻtkazish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x