GAZOTURBOVOZ

GAZOTURBOVOZgaz turbinali dvigatel, elektr generator va tortuvchi elektr dvigatel oʻrnatilgan lokomotiv. Gaz turbinali dvigatel tarkibidagi erkin porshenli gaz generatori gaz turbinasini zarur parametrli ish jismi bilan taʼminlaydi; u porshenlari erkin harakatlanadigan ichki yonuv dvigateli va porshenli kompressornom iborat. Koʻpchilik Gazoturbovozlar elektr uzatuvchi ochiq siklli, bir valli, gaz turbinali qurilmaga ega. Bundam Gazoturbovoz kuch qurilmasi turbina vali bilan reduktor orqali bogʻlangan gaz turbinasi, kompressor, oʻzgarmas tok generatori va tortuvchi elektr dvigatelidan iborat. Bulardan tashqari G. da uni yurgizib yuborish uchun moʻljallangan dizel qurilmasi ham boʻladi. Qurilmaning asosiy vazifasi — generatorning aylanish tezligini kompressor bilan yonish kamerasiga havo bera boshlashdagi aylanish tezligiga yetkazish. Gazoturbovozning gaz turbinali qurilmasi ogʻir suyuq yoqilgʻida yoki gazda ishlaydi. Quvvati shunga moye teplovozlarga nisbatan Gazoturbovozning yengilroq, ixcham, suvga ehtiyojsiz, oddiy. Kamchiligi — f. i. k. kam.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x