BADRIDDIN SAMARQANDIY

BADRIDDIN SAMARQANDIY Muhammad ibn Bahrom Qalonisiy (? — taxm. 1194) — mashhur tib olimi. Samarqandda tugʻilib, shu yerda ijod etgan. U Ibn Sino va Abu Bakr yar-Roziy kabi buyuk olimlar ilmiy asarlarini mutolaa qilgan. Ibn Abi Usaybiʼaning «Uyun alanbo fi tabaqot al-atibbo» («Tabiblar tabaqalari haqida maʼlumotlar bulogʻi») nomli asarida Badriddin Samarqandiyning mashhur tabib ekanligi tilga olinadi. Badriddin Samarqandiyning murakkab dorilarga bagʻishlangan «Qarobodin» («Murakkab dorilar haqida kitob», yaʼni «Farmakopeya») nomli asari 49 bobdan iborat boʻlib, unda murakkab dorilarni tayyorlash jarayoni taʼriflangan. «Qarobodin» B. S. yashagan davrda va undan soʻng ham tabiblar, ayniqsa, dorishunoslar uchun dasturilamal vazifasini oʻtagan. Asarning 16-a da koʻchirilgan bir qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanmoqda (inv. № 3925).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x