GARSIA LORKA

GARSIA LORKA (Garcia Lorca) Federiko (1898.5.6, Fuentevakeros — 1936.19.8, Granada yaqinida) — ispan shoiri va dramaturgi. Uning ijodi ispan xalq ogʻzaki ijodi anʼanalarini yangicha talqin etish asosida shakllandi. «Qoʻshiqlar» (1927), «Loʻlilar romanserosi» (1928) kabi asarlarida ogʻir va fojiali voqea-hodisalarni boshidan kechirgan jabrdiyda kishilarga, oddiy mehnatkashlarga hamdoʻstlik va xayrixohlik tuygʻulari kuchli va yorqin aks etgan. «Shoir Nyu-Yorkda» sheʼrlar toʻplami (1935, nashri 1940), «Ajoyib kavushdoʻz ayol» pyesasi (1930), «Qonli toʻy». (1933), «Ierma» (1934) tragediyalari va «Bernard Alba uyi» (1936) qaxramonlik dramasida oddiy kishilarning zolimlar zulmiga qarshi nafrati ifodalangan. Granada isyonida fashistlar tomonidan otib oʻddirilgan. Asarlari oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan («Ispan jandarmlari haqida romans», «Gitara», «Teatr haqida soʻz», «Chorraha», «Chavandoz qoʻshigʻi» va b.) As.:Et qaygʻuli shodlik. Sheʼrlar va dostonlar [Ispanchadan Shavkat Rahmon tarjimasi], T., 1989.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x