BAND

BAND (yun. strophe — aynanburilish) — 1) sheʼriy misralar turkumi. Sharq mumtoz sheʼriyatida qofiyalanish tartibiga koʻra ikki misradan oʻn misragacha boʻlgan Bandlar mavjud. Oʻzbek xalq qoʻshiqlarining aksariyati murabbaʼ shaklidagi Band lardan tuzilgan, namunasi Mahmud Qoshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida uchraydi. Hoz. oʻzbek sheʼriyatida uchlik, yettilik, toʻqqizlik, oʻnlik, oʻn beshlik va oʻn oltilik kabi oʻnga yaqin Band turlari mavjud; 2) oʻsimliksimon naqshlarda oʻsimlik tanasini ifodalovchi yoʻl, islimiy naqshlar tarkibiy qismi, tanobga nisbatan ikkilamchi. Barg, gul, kurtak, margʻula, jingala kabi unsurlarga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x