BANDI TURKISTON

BANDI TURKISTON — Paropamiz togʻlarining old tizmalaridan biri, Afgʻoniston shim. da. Uz. 300 km. Eng baland joyi 3809 m (Havzi Kaud choʻqqisi). Bandi Turkiston bilan Safidkoʻh tizmasi orasidagi boʻylama botiqdan Murgʻob daryosi oqadi. Bandi Turkiston shim.-gʻarbda Qorabel qirlarita qoʻshilib ketadi. Togʻlar asosan ohaktosh va slaneslardan tashkil topgan, granit jinslar ham uchraydi; koʻplab daralar bilan oʻyib yuborilgan, qurumlar keng tarqalgan. Iqlimi subtropik, kontinental iqlim. Yogʻin yiliga 100 — 350 mm, asosan qish va bahorda yogʻadi. Togʻ oraligʻidagi vodiylarda vohalar bor. Etaklarida choʻl, togʻ dashti oʻsimliklari oʻsadi, yuqori qismi siyrak archazor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x