GALVANOKAUSTIKA

GALVANOKAUSTIKA (galvano… va yun. kaustikos — kuydiruvchi, lovillatuvchi) , galvanotermiya, elektrokaustika — 1) elektr tokida qizdirilgan maxsus uchliklar (galvanokauterlar) b-n tirik toʻqimalarni kuydirish usuli. Bunda oʻzgarmas elektr toki manbalari yoki yoritish tarmoqlaridan tok olinadi (tok kuchlanishi 2—4 V boʻlib, 20 ma ga moʻljallangan). Xavfsiz kichik oʻsmalar, soʻrgʻichsimon oʻsiqlarni yemirish, poliplarni olib tashlash, teridagi va yuzdagi ayrim nuqsonlar (chandiqlar) ni yoʻqotish, surunkali tonzillitni davolash uchun qoʻllaniladi;

2) metallga tushirilgan rasmni galvani toki bilan ishlash.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x