GAMBIYA

GAMBIYA (Gambia), Gambiya Respublikasi (Republic of Gambia) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Gʻarbda Atlantika okeani bilan tutash. Mayd. 11,3 ming km2. Aholisi 1,24 mln. kishi (1997). Poytaxti — Banjul sh. Maʼmuriy ji-hatdan 6 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Gambiya —respublika. Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1996-y. 8 avg. dagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻiprezident. U yalpi yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ — 49 deputatdan iborat Millim majlis (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Gambiya qitʼa ichkarisiga Gambiya daryosi sohili boʻylab 350 km kirib boradi. Xududi tekislikdan iborat. Yer osti boyliklari kam, faqat ilmenit koni topilgan. Iqlimi ekvatorial-musson iqlim; yozi (iyun—okt.) seryogʻin, qishi (noyab. — may) quruq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27°, fev. da 23°. Mamlakat ichkarisida yillik yogʻin 750 — 1000 mm, sohillarda 1300—1500 mm. Oʻsimliklari, asosan, akatsiya va baobablar oʻsadigan tipik savannalardan iborat. Gambiya maydonining 29,2% i oʻrmon, shundan 34 ming ga yer qoʻriqxonalar bilan band. Maymun, gippopotam, timsoh, parranda va hasharotlar koʻp. Milliy bogʻi — River-Gambiya.

Aholisi. Asosiy aholisi bantu tillarida gaplashadigan fulbe, volof, diola, manjak; mande tillari guruhiga mansub malinke, solinke va b. Rasmiy tilingliz tili. Aholining 85% musulmon, qolgani anʼanaviy mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi; xristianlar (4%) ham bor. Shahar aholisi 21,5%. Eng katta shahri — Banjul.

Tarixi. Gambiyaning qad. va oʻrta asrlardagi tarixi kam oʻrganilgan. 13—16-a. larda Gambiya hududi Afrikaning yirik davlati Mali, keyinchalik Songai tarkibida boʻlgan. Qabila-urugʻchilik bosqichidagi aholi asosan q. x. va hunarmandchilik b-n shugʻullangan. 15-a. oʻrtalaridan Gambiya hududiga portugallar, keyinchalik inglizlar kirib kela boshladi. 18-a. ning 60-y. larida Angliya G. ning bir qismini egalladi va uni mustamlakasiga aylantirdi. 19-a. ning 2-yarmida Gambiyaning koʻp qismi ingliz mustamlakachilari qoʻliga oʻtdi va bu hududda ingliz protektorati oʻrnatildi. Aholi mustamlakachilarga qarshi shiddatli kurash olib bordi. 19-a. ning 90-y. larida yirik xalq qoʻzgʻolonlari boʻldi. Fodi Kabba rahbarligidagi qoʻzgʻolon 1901-y. ga kelibgina bostirildi.

20-a. ning 20-y. laridan mamlakatda ozodlik harakati boshlanib ketdi. 1920-y. da Gambiya vakillari Britaniya Gʻarbiy Afrikasi Milliy kongressini tuzishda ishtirok etdi. Bu kongress Afrika xalqdarining siyosiy huquqdarini kengaytirish uchun kurash olib bordi. 2-jahon urushidan keyin, 1963-y. 4 okt. da Gambiyaga ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berildi. 1965-y. 18 fev. da mustaqil deb eʼlon qilindi. 1970-y. 24 apr. dan Gambiya —respublika. 1965-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18 fev. — Mustaqillik kuni (1965).

Snyosiy partiyalarn va kasaba uyushmasi. Vatanparvarlik yoʻnalishi va bunyodkorlik yoʻlidagi ittifoq partiyasi, 1996-y. da tuzilgan; G. xalq partiyasi, 1986-y. da asos solingan; Xalq taraqqiyparvar partiyasi, 1959-y. da tuzilgan; Birlashgan demokratik partiya, 1996-y. da tuzilgan; Milliy konvent partiyasi, 1975-y. da asos solingan. Gambiya mehnat kongressi kasaba uyushmasi, 1935-y. da tuzilgan, Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi va Afrika kasaba uyushma birligi tashkiloti aʼzosi.

Xoʻjaligi. Gambiya — agrar mamlakat. Mustamlakachilarning uzoq hukmronligi natijasida yer yongʻoq yetishtirishga ixtisoslashgan xoʻjalik vujudga kelgan. Mustaqillikka erishilgandan keyin turli kooperativlar tuzish ragʻbatlantirildi, yer yongʻoq tozalash z-dlari davlat ixtiyoriga olindi. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi 23%, sanoatning ulushi 14% ni tashkil etdi.

Qishloq xoʻjaligi — xoʻjalikning asosiy tarmogʻi. Mayda dehqon xoʻjaliklari koʻpchilikni tashkil etadi. Dehqonchilikda ibtidoiy q. x. qurollari ishlatiladi. Haydaladigan yerlar Gambiya hududining 1/5 ini egallaydi. Q. x. da yer yongʻoq (1 yilda 100 ming t dan ortiq), sholi, shuningdek tariq, maniok, makkajoʻxori, oq joʻxori, dukkaklilar, banan va sitrus oʻsimliklari oʻstiriladi. Moyli palma mevalari teriladi. Sabzavotchilik bilan ham shugʻullaniladi. Qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Har yili 30 ming t baliq tutiladi. Oʻrmonlarda tropik daraxtlar yogʻochi tayyorlanadi.

Sanoati q. x. mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichkina korxonalardan iborat. Banjul, Kau-Ur va Kuntaurda yer yongʻoq tozalash, yer yongʻoqdan moy olish z-dlari, objuvoz, taxta tilish z-dlari, ichki kiyimlar va parfyumeriya buyumlari f-kalari, kemasozlik ustaxonalari, poyabzal va toʻqimachilik f-kalari, alkogolli va alkogolsiz ichimlik z-dlari bor. Hunarmandchilik taraqqiy etgan. Yiliga 67 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy transport arteriyasi — G. daryosi, uning quyilish joyidan 350 km masofagacha kema qatnaydi. T. y. yoʻq. Avtomobil yoʻllarining uz. 2,4 ming km dan ortiq. Asosiy dengiz va dare porti — Banjul. Yundum sh. da xalqaro aeroport bor. Gambiya chetga yer yongʻoq va undan olingan mahsulotlar chiqaradi. Chetdan toʻqimachilik mahsulotlari, mashina va asbob-uskunalar, oziqovqat mahsulotlari, ichimlik va tamaki keltiriladi. Tashqi savdodagi mijozlari: Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSH va b. Pul birligi — dalasi.

Maorifi, matbuoti va radioeshittirishi. Gambiyada majburiy taʼlim joriy etilmagan; 6 y. lik boshlangʻich maktabda oʻqish pulsiz, 6—7 y. lik oʻrta maktabda oʻqish pulli. Darslar asosan ingliz tilida olib boriladi. Hunar-texnika va ped. oʻquv yurtlari xam bor. Gambiyada oliy oʻquv yurti yoʻq. Oʻrta maktabni tugatganlarning bir qismi oliy maʼlumot olish uchun chet elga yuboriladi. Gambiyada «Gambian tayme» («Gambiya vaqti», haftasiga 2-marta chiqadigan gaz., 1981-y. dan), «Gambiya nyus» («Gambiya yangiliklari», haftalik hukumat gaz., 1943-y. dan), «Gambiya onuord» («Gambiya taraqqiyot yoʻlida», haftalik gaz., 1968-y. dan), «Neyshn» («Xalq», haftasiga 2-marta chiqadigan gaz., 1964-y. dan), «Uorker» («Ishchi», haftasiga 3-marta chiqadigan gaz.) gaz. lari, «Gambiya autluk» («Gambiya istiqboli», 1922-y. dan oyiga 3-marta chiqadi) byulleteni, «Gambiya megezin» («Gambiya jurnali», har chorakda chiqadi) jur. nashr etiladi.

Gambiya daryosi sohilida Gambiya axborot agentligi mavjud. Gambiya radiosi va telekoʻrsatuvi hukumat xizmati boʻlib, 1962-y. da tashkil etilgan.

Xalq sanʼati. Chipta, boʻyra, savat toʻqish, ularni rangli qamish naqshlar bilan bezash, yogʻoch oʻymakorligi, qayiq va uyroʻzgʻor buyumlari yasash keng tarqalgan. Haykaltaroshlik va maska (niqob) ishlash (oʻlgan kishining yuzidan gipsga tushirilgan tasvir) bilan ham shugʻullaniladi. Fil suyagi, metalldan zeb-ziynat buyumlari yasaydilar

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x