GALOGENLAR

GALOGENLAR (yun. hals — tuz va genes — tugʻilish) , galoidlarMendeleyev davriy sistemasi VII guruhining asosiy guruhchasiga mansub kimyoviy elementlar (ftor F, xlor S1, brom Vg, yod J va astat At). G. metallar bilan birikib tuz hosil qiladi (mas, osh tuzi NaCl). G. ning sirtki elektron qavatida 7 ta elektron bor. G. metallar bilan birikkanida ularning bir elektronini tortib olib, qaytariladi. (q. Oksidlanishqaytarilish reaksiyasi). Galogenlar reaksiyaga kirishuvchan boʻlib, koʻpgina kimyoviy elementlar bilan bevosita birikadi. Galogenlar metallar va metallmaslar bilan birikib galogenidlar, kislorod bilan oksidlar (ftordan tashqari) hosil qiladi. Galogenlarning atom radiusi ortishi bilan kimyoviy faolligi ftordan yodga tomon kamayib boradi. Oddiy sharoitda ftor va xlor gaz, brom suyuqlik, yod va astat qattiq moddalardir. Astat — radioaktiv element. G. molekulasi ikki atomli. Barcha Galogenlar (ftordan tashqari) suvda eruvchan. Brom bilan yod trixloretan, etanol va b. erituvchilarda yaxshi eriydi. Galogenlar (astatdan tashqari) tabiatda keng tarqalgan; koʻpgina minerallar tarkibiga kiradi. Dengiz suvlari tarkibida boʻladi; erkin holda uchramaydi. Kimyoviy xossalari jihatidan Galogenlarga oʻxshash boʻlgan ditsian (CN)2, dioksotsian (CON)2, ditiotsian (SCN)2 psevdogalogenlar, tarkibida CN, CON, SCN guruhlari bor metallar tuzlari psevdogalogenidlar deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x