FTORIDLAR

FTORIDLAR — ftorning boshka elementlar bilan boʻlgan birikmalari. Mendeleyev davriy sistemasi I va II guruh elementlari Ftoridlari element ftor ion bogʻli qattiq moddalar; VI va VII guruh elementlarining koʻpchilik Ftoridlari elementftor kovalent bogʻli gazlardir; tarkibida uglerod boʻlgan Ftoridlar ftororganik birikmalar sinfini hosil kiladi; koʻpchilik metallar (V, Mo, W, Re va b.)ning yuqori valentli Ftoridlari uchuvchan moddalardir. Ftoridlar tabiatda uchraydi. Galogenlar, inert gazlar, kislorod, azot hamda boshqa koʻpgina yuqori darajada oksidlanadigan elementlarning Ftoridlari — oksidlovchilar; margimush, surma, bor F. i kuchli kislotalardir. Ftoridlar elementlarga ftor taʼsir ettirib, vodorod ftoridni metallar bilan reaksiyaga kirishtirib va b. usullarda olinadi. Ftoridlardan vodorod ftorid, kislorod F. i, azot Ftoridlari keng qoʻllanadi. Xlor F. i raketa texnikasida, ftorlovchi agent sifatida, metall qoplamalari, optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x