RAFTOR

RAFTOR (fors. — yurish) — bir maromda toʻlqinsimon harakatdagi naqsh chizigʻi (tanob, novda). Naqsh mujassamotida ingichka va keng hoshiya boʻylab bir yoki ikki tomonga yoʻnaltiriladi; R. naqsh mujassamotida 1darajali oʻrin tutadi; gul, gʻuncha, barg, margʻula, kurtaklar esa 2darajali boʻlib, mujassamotni toʻldiradi. Raftor tasvirlangan novda soniga qarab 4 koʻrinishda (yakraftor — 1, duraftor — 2, seraftor — 3, chorraftor — 4) uchraydi; barchasida ham toʻlqinsimon harakat bir tomonga yoʻnaltiriladi. Faqat Xorazm ustalari duraftorning har bir Raftor ini bir-biriga qarama-qarshi yoʻnaltirib ham qoʻllaydilar. Amaliy bezak sanʼatining bezak mujassamotida keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x