FRONDA (frans. fronde, aynan — palaxmon, sopqon) — 1) 1648—53 y. larda Fransiyada absolyutizmga, J. Mazarini hukumatiga qarshi ijtimoiy harakat; oʻz tarkibiga turli sotsial tabaqalarni qamrab olgan (parlament F. si, «shahzodalar» F. si);
2) asosan, shaxsiy yoxud guruhiy xarakterga oid prinsipial boʻlmagan muxolifat.