FARGʻONA YOGʻ-MOY AKSIYADORLIK JAMIYATI

«FARGʻONA YOGʻ-MOY» AKSIYADORLIK JAMIYATI — yogʻmoy sanoatining yirik korxonasi. «Yogʻmoytamakisanoat» uyushmasi tarkibida. Tozalangan va hidsizlantirilgan paxta yogʻi, paxta salat yogʻi, ozuqa salomasi, texnik salomas, texnik salomas yog kislotalari, 88—98%li va yuqori navli glitserin, xoʻjalik sovuni, atir sovun, soya yogʻi va shroti ishlab chikaradi. Korxona dastlab Fargʻona davlat yogʻ zavodi nomi bilan 1930-y. 1 okt . da foydalanishga topshirilgan. 1931-y. sovun zavodi hamda yogʻni rafinatsiyalash sexi, 1935-y. texnik glitserin ishlab chiqarish sexi, 1946-y. da gidrogenizatsiya z-di ishga tushirilgan. 1947-y. dan Fargʻona yogʻmoy kombinati. 1950-y. da glitserinni bugʻlantirib sof toza mahsulot ishlab chikaruvchi glitserin sexi, 1958-y. da yogʻni reaktivsiz parchalash sexi, 1959-y. da soapstok yogʻ kislotalarini distillyatsiya qilish tizimi kurildi. 1966-y. dan mayonez tayyorlashda ishlatiladigan salat yogʻi i. ch. yoʻlga koʻyiddi. 1994-y. dan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Korxona bir sutkada 800 t paxta chigitini kayta ishlash kuvvatiga ega. Chet el texnologik uskunalari bilan jihozlangan. 2003-y. da korxonada 9,8 ming tonna paxta yogʻi, asosiy mahsulotlardan 2358 t «Uzbekistan» yogʻi, 259 t salat yogʻi, 1096 t glitserin, 7676 t xoʻjalik sovuni, 1224 t atir sovun, 14064 t texnik salomas, 1293 t soapstokning distillangan yogʻ kislotalari ishlab chiqarildi. 2002-y. dan xorijdan olingan soya dukkaklaridan soya yogʻi ishlab chiqaradi. Korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlardan soya shroti, glitserin chet ellarga eksport qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x