POMIR-FARGʻONA IRQI

POMIR-FARGʻONA IRQI, Ikki daryo oraligʻi irqi — katta yevropeoid irqiga mansub boʻlgan irqlardan biri. L. V. Oshanin «Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi tipi», A. I. Yarxo «PomirFargʻona tipi» deb atagan. P.-F. i. ga quyidagi xususiyatlar xos: pigmentatsiyasi qora, soqoli siyrakroq yoki qalin, sochi toʻgʻri yoki sal jingalak, yuzi choʻziq va keng, qirra burun, qanshari tik va keng, ayrim guruxlarida mongoloid irk aralashgan. Paleoantropologiya materiallari bu tipdagi aholining tub xalq ekanligini koʻrsatadi. P.-F. i. ni L. V. Oshanin 3 ga ajratgan:

1) togʻliklar — togʻlik tojiklar;

2) Jan.-Gʻarbiy Pomir boʻyidagi kam sonli qabilalar (rushan, shugʻnon, vohon);

3) tekislikdagilar — Oʻzbekistonda yashovchi oʻzbeklar, shuningdek, tojik va uygʻurlarning ayrim guruhlari.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x