FARMATSIYA

FARMATSIYA (yun. pharmakeia — dori; dori ishlatish) — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha izlanishlar, tadqiqotlar, shuningdek, ularni i. ch., tayerlash, sifatini nazorat qilish, standartlash usullari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, saqlash, ular haqida axborot berish, dorixona va davolash muassasalariga yetkazib berish va sotish kabi vazifalarni oʻz ichiga oladigan ilmiyamaliy faoliyatlar majmui. 18-a. ga kelib Farmatsiya fan sifatida shakllandi. Farmatsiya farmakologiya bilan birga dorivor moddalar haqidagi fanni tashkil etadi. Farmatsiyaga farmatsevtik kimyo, dori turlari va dorivor preparatlar texnologiyasi, farmakognoziya, Farmatsiyani tashkil etish va uning iktisodi, sud kimyosi kabi ixtisoslik fanlari kiradi. Dorilar taʼsiri, dori turlari, ularni qabul qilish usullari, tayerlash texnologiyasi va b. omillar taʼsirini Farmatsiyaning bioformatsiya yoʻnalishi oʻrganadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x