FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI

FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTIxalq xoʻjaligi uchun malakali muhandislar, iqtisodchilar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika in-ti umumtexnika fti negizida 1967-y. da tashkil qilingan. Intda 6 ta ft: qurilish, mexanika, energetika va axborot texnologiyalari, muhandislikiqtisod, kimyotexnologiya va sirtqi boʻlim hamda asbobsozlik markazi bor. Unda 33 ta kafedra, 15 ta i. t. laboratoriyasi faoliyat koʻrsatadi. Int qoshida internatlitseyi, «Yormozor» akad. litseyi, Iktisodiy mintaqaviy markazi, tayyorlov kurslari mavjud. Intda 20 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 12 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. Kutubxonasida 200 mingdan ortiq asar saqlanadi. 2002/03 oʻquv yili intda 5000 ga yaqin talaba oʻqidi, 394 oʻqituvchi, shu jumladan, 24 fan dri va prof. ishladi. Int tashkil qilinganidan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan. Intda 4 yoʻnalish boʻyicha i. t. ishlari olib boriladi. Intda yaratilgan fan va texnika yangiliklari Fargʻona neftni qayta ishlash z-di, «Azot» i. ch. birlashmasi, «Quvasoysement» AJ, «Kvars» AJ va b. korxonalarda tatbiq etilgan. Int qoshida madaniyat saroyi, talabalar uyi, profilaktoriy, dam olish maskanlari, sport inshootlari bor. Int Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston oliy oʻquv yurtlari, AQSH, Angliya, Germaniya, Belgiya, Koreya, Hindiston oʻquv yurtlari va ilmiy markazlari, koʻpgina xalqaro jamgʻarmalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Int faoliyati M. A. Ikromov, N. Yuldoshev, A. Mirzayev, N. M. Oripov, R. J. Tojiyev, I. Toʻxtarov va b. olimlar nomi bilan bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x