Tarix instituti


Post Views:
237

TARIX INSTITUTI (2009 yilgacha, hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix instituti), O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti (Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 9) – 1943 yil O‘zbekiston FAning Til, adabiyot va tarix instituti negizida Toshkent shahrida tashkil etilgan (1970 yilgacha Tarix va arxeologiya instituti). Institut ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari: o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi; o‘zbeklar etnogenezi, etnik tarixi va etnografiyasi hamda O‘zbekiston hududida yashovchi boshqa xalqlar tarixi; o‘zbek xalqining bir necha ming yillik boy moddiy madaniyati va ma’naviy merosi tarixi; o‘zbek xalqi tarixining turli davrlaridagi siyosiy va ijtimoiy hayot tarzi, taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari; mamlakatimizning boy moddiy madaniyati va shaharlari tarixi; manbashunoslik va tarixshunoslik. Institut tarkibida 6 bo‘lim bor. Shuningdek, institutda aspirantura, doktorantura, doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatadi. Institutda 80 ilmiy xodim, jumladan 3 akademik, 23 fan doktori va 35 fan nomzodi ishlaydi. Institutda Ya.Fulomov, K.Shoniyozov, R.G.Muqminova, H.Z.Ziyoyev, M.O.Oxunova, R.H.Aminova, B.I. Lunin kabi yirik olimlar ishlagan. Institutda 1998 yildan «O‘zbekiston tarixi» jurnali nashr etiladi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/tarix-instituti/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x