Venalar varikoz kengayishi, sabablari va davolash usullari

Varikoz kasalligi haqidaVenalarning varikoz kengayishi – oyoqlar teri osti yaʼni yuza venalarining kengayishi, klapanlarning yaroqsizligi va venoz qon oqishining buzilishi sababli kelib chiqadi. Birlamchi varikoz kengayish yuzaki vena devorlari zaifligi, vena qopqoqlarining nuqsonlari bilan bogʻliq. Bir qancha boshqa kasalliklar va jarayonlar semirish, homiladorlik, uzoq muddat tik turish, biriktiruvchi toʻqimaning tugʻma zaifligi bu kasallikning rivojlanishiga imkon beradi. Ikkilamchi varikoz kengayishi chuqur venalar oʻtkazuvchanligining buzilishi munosabati bilan (tromboz, vena klapanlari yetishmovchiligi, vena devorlarini tugʻma zaifligi va hokazo) venoz kon oqishining buzilishi natijasida yuzaga keladi.

Varikoz kasalligi belgilari

  • Varikoz kasalligida venalar kengayishi paydo boʻlguniga qadar ogʻir oyoqlar deb ataladigan sindromni payqash mumkin – kechki paytlarga borib bemor oyoqlari shishadi, ogʻriydi, kishi oʻzini charchaganday his qiladi.
  • Tomir yulduzchalari (teleangioektaziyalar) – uncha katta boʻlmagan tomirchalar toʻrlari paydo boʻlishi mumkin.
  • Asosiy belgisi – teri orasidan shishgan, ser tugun, koʻrinib turgan venalar boʻlib, teri sirtiga irgʻib chiqadi.
  • Soʻnggi bosqichlarda teri rangining oʻzgarishi, venalar atrofidagi terida ham, venalarning oʻzida ham shamollashning rivojlanishi (tromboflebitlar), varikoz tugunchalardan qon ketishi kuzatiladi, yaxshi bitmagan yaralar paydo boʻladi.

Eng xavfli asoratlari:

  • oʻtkir tromboflebit;
  • varikoz tugunining yorilib qon ketishi
  • trofik yaralar.

Varikoz kasalligi davosi

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? Kasallikning dastlabki alomatlari paydo boʻlganda shifokorga (qon tomir jarrohiga) murojaat qilish kerak. Faqat boshlangʻich pallalardagina varikoz kasalligi rivojlanishining oldini olish mumkin.

Tashxis qoʻyish uchun umumiy shifokor koʻrigi va odatdagi tahlillar buyurishdan tashqari, venoz qon aylanishining holati tekshiriladi. Kasallik sabablarini aniqlash va toʻgʻri davolash uchun chuqur venalar oʻtkazuvchanligini tekshirish va vena klapanlari faoliyatini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda turli usullar qoʻllanadi. Ultratovush tekshiruvi (dopplerografiya, dupleks skanerlash), rentgenokontrast flebografiya va hokazo.

Varikoz kasalligini davolash tomir jarrohlarining (flebologlar) vazifasiga kiradi, ular ayni vaqtda bemorni qanday davolashni hal etishadi. Jarrohsiz muolaja (sklerozlovchi terapiya, xirurgik operatsiya) kasallik rivojlanishining choʻzilishiga sabab boʻlishi mumkin, xolos, bunda varikoz venalarini yoʻqotishga erishish juda qiyin kechadi.
Varikoz kasalligini davolashning konservativ usullari ham bor. Ular, asosan, kasallik rivojlanishining ilk bosqichlarida samara beradi. Bunda dori vositalari bilan birgalikda kompression muolaja ham qoʻllaniladi.

Mutaxassis maxsus tibbiy buyum tanlaydi (maxsus chulki, kolgot, golf), uni har doim kiyib yurish kerak. Tibbiy kiyimni tanlash va undan foydalanish bemor xohishiga koʻra amalga oshiriladi. Jarrohlik muolajasi
Sklerozli muolaja varikoz venalarga maxsus dorilarni kiritishdan iborat. Yaʼni, venalar olib tashlanmaydi, balki maxsus modda bilan “yelimlab yopishtiriladi”. Aslida bu – juda ingichka igna bilan muammoli joyga shunchaki ukol qilishdir. Odatda boshqa usullar bilan birgalikda qoʻllaniladi (kompression muoalaja, flebektomiya va hokazo).

Varikoz kasalligi munosabati bilan jarrohlik vositasi venalarni olib tashlash (flebektomiya)dagina emas, balki vena klapanlarini davolashda ham (tiklovchi operatsiya) qoʻllanadi. Igna sanchish orqali bajariladigan kichik invaziv aralashuvi kabi (endoskopik flebektomiya, elektrokoagulyatsiya va hokazo) ochiq jarrohlik amaliyoti ham qoʻllanadi.
Jarrohlik muolajasi yoki sklerozlashtirilgandan keyin 4–6 oy mobaynida choʻziluvchan dokalar yoki tibbiy kiyimlar kiyib yurish tavsiya etiladi.

Kasallikni davolashda tabiiy vositalar

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar).
Kashtan gullari – 0,5 l aroqqa 50 gr solinadi. Issiq, qorongʻi joyda 2 hafta tindiriladi, har kuni chayqatilib, dokadan oʻtkazib turiladi. 3–4 hafta davomida kuniga 3–4 marta 30–40 tomchidan ichiladi. Nastoykani uyqu oldidan kengaygan venali terilarga surtiladi.

Qichitqi oʻt yaproqlari – bir osh qoshigʻi bir stakan qaynagan suvga solinib, soʻng 30 daqiqa tindirilgach, dokadan oʻtkaziladi, ovqatdan bir soat keyin kuniga 3 mahal bir stakandan
ichiladi. Qichitqi oʻt yaproqlari solingan damlamani kasallikning boshlangʻich pallasida ichiladi, ayniqsa, oyoqni nastoyka bilan vanna qilinsa, bu foydali, uni tayyorlash
sirtdan qoʻllanadigan dorilar retseptlarida keltirilgan.

12 ta kashtanni qoq ikkiga boʻlinadi va 3 l qaynagan suv quyiladi, 200 gr shakar qoʻshiladi va sovugach, pichoq uchida xamirturush tashlanadi. 10 kun tindirilib, suzgʻichdan oʻtkaziladi va kuniga 3–4 mahal bir stakandan, ovqatdan 15 daqiqa oldin ichiladi. Muolaja muddati 3–4 oy. Navbatdagi achitqi 3 kun tindiriladi. Kashtanlardan 3–4 marta foydalansa boʻladi.

Xalq tabobati retseptlari (surtmalar)

Kashtan poʻsti boʻlishi ehtimol tutilgan holat. Birinchidan (urugʻ poʻsti) qaynatmasidan oyoqdagi ogʻriqlarni yoʻqotishda, boldir mushaklarining tungi tomir tortishlarida foydalaniladi. 100 gr poʻstloq urugʻ poʻstidan vanna tayyorlash uchun 2 l suv quyiladi, past olovda 15 daqiqa qaynatiladi, 4 soat tindirilib, suzgʻichdan oʻtkaziladi. Muolaja vaqti
15 daqiqa, bir kurs muolaja muddati 10 kun, kunora bajarsa ham boʻladi. Oyoq vannasi uchun botqoq oʻsimligi nastoykasi (dimlamasi) quyidagicha tayyorlanadi: 100 gr quruq oʻtga 2 l qaynagan suv solinib, tindiriladi, suzgʻichdan oʻtkaziladi. Vanna har kuni yoki kunora qilinadi, qichitqioʻt nastoyini ichib, muolaja birga olib boriladi. Amal muddati 15 daqiqa, muolaja muddati – tuzalguncha.

200 gr asalga bir osh qoshiq yirik tuz aralashtiriladi. Aralashma kasal venalar boʻylab oyoq teriga yupqa qilib surtiladi. Pergament qogʻoz yopib (sellofandan foydalanish tavsiya etilmaydi), doka bilan oʻraladi. Kompress ikki kun saqlanadi, keyin bir kun dam beriladi. Muolaja muddati – 9 kun.

Suvli va pishgan pomidor mayda qilib toʻgʻraladi va qattiq shamollagan venalarga yopishtirib chiqiladi, ustidan doka bilan yengil bogʻlab qoʻyiladi. 3–4 soatdan keyin yangi pomidor toʻgʻramlari bilan almashtiriladi.

Maqolaga baho bering

[Total: 1 Average: 5]

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x