RID Tomas Mayn

RID Tomas Mayn (1818.4.4, Ballironi, Irlandiya — 1883.22.10, London) — ingliz yozuvchisi. 1838—40 y. larda AQSHda yashab, jurnalistika bilan shugʻullangan. AQSHning Meksika bilan urushi (1846—48)da qatnashgan. 1848-y. inqiloblari taʼsirida Yevropaga kelib (1849), venger xalqining milliy ozodlik uchun kurashida ishtirok etgan. Ridning «Erkin oʻqchilar» romanida (1850) meksikaliklarning bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashi oʻz ifodasini topdi. Shundan keyin uning AQSH jan. dagi qul savdosi dahshatlari haqida hikoya qiluvchi «Kvarteronka» (1856), hindularning mustamlakachilarga qarshi olib borgan kurashlarini aks ettiruvchi «Oq tanli yoʻlboshchi» (1855) va «Oseola, seminollar yoʻlboshchisi» (1858) romanlari maydonga keldi. Rid romanlarida Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlaridagi oʻsimlik va hayvonlar olamining badiiy tasviri. keng oʻrin egallaydi («Janubiy Afrika chakalakzorlarida yoki bir dehqon va uning oilasi sarguzashtlari» trilogiyasi, 1856; «Oʻsimlik ishqibozlari», «Yosh ovchilar», 1859; «Qoyaga chiquvchilar», 1864; «Jirafa ovlovchilar», 1867). Ridning 70—80-y. larda yaratgan «Ajal oʻqi» (1873), «Ofat belgisi» (1876), «Gʻoyib boʻlgan togʻ» (1883) singari romanlarida avantyura adabiyotining taʼsiri katta. «Boshsiz chavandoz» (1866) romani nafaqat Ridning, balki jahon sarguzashtavantyura adabiyotining mumtoz namunasi sifatida eʼtirof etilgan va koʻplab tillarga tarjima qilingan. Mazkur asarda Texas aholisi maishiy va maʼnaviy hayotining realistik manzaralari oʻzining yorqin inʼikosini topgan. Rid romanlarida tasvirlangan ijtimoiy va maʼnaviy masalalar, irodali va matonatli qahramonlar, qiziqarli va shiddatli syujet hanuzga qadar kitobxonlar ommasini maftun etib keladi.

As: Sochineniya, t. 16, M., 195658; Boshsiz chavandoz, T., 1957.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x