FUKIDID

FUKIDID (Thukydides) (mil. av. taxm. 460—400) — yunon tarixchisi. Afinalik badavlat aslzoda oilasida tutilgan; qarindoshlaridan unga Frakiya sohilidagi oltin konlar meros qolgan. Yaxshi taʼlim olgan, oʻz zamonasining faylasuf va tabiatshunoslari bilan yaxshi aloqada boʻlgan. Fukidid siyosiy hayotda faol qatnashgan. Peloponnes urushi davrida (424-y.) strateg va Frakiya sohillari yaqinidagi Afina eskadrasi qoʻmondoni. Biroq, Sparta sarkardasi Brasidning Amfipolni egallab olishiga toʻsqinlik kila olmagani uchun Afinada qattiq qoralanib, quvgʻin qilingan. Vatanidan olisda 20 y. quvgʻinlikda yurgan Fukidid uzining tarixiy asari uchun material toʻplagan. 404-y. urush tutashi bilan Afinaga qaytib kelgan. Peloponnes urushi tarixiga (mil. av. 411-y. gacha) bagʻishlangan «Tarix» asari (8 kitobdan iborat) antik davr tarixshunosligining eng goqori choʻqqisi hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x