EKSSENTRIK

EKSSENTRIK (lot. — «ajratish» maʼnosini biddiradigan old qoʻshimcha va — markaz) — 1) texnikada — aylanish oʻqi geom. oʻqi bilan mos tushmaydigan dumaloq disk. Kulachokli mexanizmlart toʻgʻri chiziq boʻyicha harakatlanayotgan shtangaga taʼsir qilib, uni zarur trayektoriya boʻyicha harakatlanishga majbur qiladi. Sharnirli mexanizmlarda aylanish oʻqi atrofida toʻliq aylanuvchi zveno — krivoship vazifasini oʻtaydi. Ekssentrik tokarlik stanoklarida ishlov beriladigan buyumlarni qisib qoʻyish uchun ishlatiladi;

2) astronomiyada — olamning geotsentrik sistemasidagi qoʻshimcha aylana. Quyoshning doimiy burchak tezligi bilan Yer atrofidagi yillik harakatini tasavvur qilish uchun qadimiy yunon astronomi Gipparx kiritgan. Quyoshning ekliptika boʻyicha notekis harakatlanishiga sabab shuki, u markazi (S) Yer (T) bilan mos tushmaydigan Ekssentrik aylanasi boʻyicha harakatlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x