OʻYIN

OʻYIN — tarbiyalash va hordiq chiqarish vositalaridan biri. Oʻyin insoniyatning butun tarixi mobaynida diniy marosim, sport, harbiy va boshqalar mashqlar, shuningdek, sanʼat, ayniqsa uning ijro shakllari bilan qoʻshilib kelgan.

Maʼlumki, inson oʻz hayotida oʻyin, oʻqish, mehnat, dam olish kabi mashgʻulotlar bilan band boʻladi. Inson hayotining dastlabki davrlarida Oʻyin asosiy faoliyat hisoblanadi, keyin esa u oʻqish bilan baravar davom etadi, undan soʻng esa Oʻyin kamayib, uning oʻrnini oʻqish va mehnat egallaydi. Odamzod tarixining dastlabki davrlarida Oʻyinlar hayotda muhim oʻrin tutgan. Oʻyinlar yordamida insoniyat oʻsgan, ulgʻaygan, chiniqqan, jismonan baquvvat boʻlgan, aqlan, ruhan rivojlangan, maʼnaviy kamol topgan.

Oʻzbek xalqi orasida milliy Oʻyin larning quyidagi turlari keng tarqalgan: 1) tabiiymavsumiy Oʻyinlar («Yomgʻir yogʻaloq»; «Oq terakmi — koʻk terak», «Uloq» va boshqalar);

2) hududiy va turli joylarga mos Oʻyinlar (mas, uydaboshqotirma va soʻz oʻyinlari; hovlida — «Tosh Oʻ.», «Arqon Oʻ.»; bogʻda — yongʻoq, danak Oʻ. lari, «Quvlashmachoq» va boshqalar);

3) turli yosh va jinslarga xos Oʻyinlar (yigitlar orasida «Podachi», «Chavandoz», «Quloq choʻzma» va boshqalar, Qizlar orasida «Durra», «Chorichanbar», «Gʻozgʻoz» va boshqalar). Katta yoshdagi erkaklarning kurash, uloq, chavgon kabi sport Oʻ. lari boʻlsa, ayollarning koʻproq soʻz, raqs, qoʻshiqli Oʻyinlarni oʻynash odatlari boʻlgan;

4) mashgʻulot, mehnat faoliyati bilan bogʻliq Oʻyinlar, odatda, «Navroʻz» kunlari oʻynalgan (mas, chorvachilikda «Ov oʻyin», kamondan otish, «Kiyik ovi»; dehqonchilikda «Mashoba», «Xirmonxirmon» va boshqalar; hunarmandchilikda «Sartarosh», «Kovushim», «Kashtachi» va boshqalar);

5) voqeaband Oʻyinlar («Podshovazir», «Urush Oʻ.», «Echkichoʻpon», «Boʻri va qoʻylar» va boshqalar);

6) harakatli Oʻyinlar («Tepa kurash», «Qoʻriqchi», «Chirkash» va boshqalar);

7) turli vositali Oʻyin lar. Bu Oʻ. lar moddiy vositalar (qoʻgʻirchoq, oʻyinchoq, tosh, tayoq, toʻp, yongʻoq kabilar) yordamida bajariladigan va maʼnaviy, badiiyifodali vositalar (soʻz, qoʻshiq, raqs, teatr) yordamida amalga oshiriladigan Oʻyin lar;

8) hayvonlar ishtirokida oʻtadigan Oʻyin lar. Bu Oʻ. lar eng qadimiy hisoblanadi («Uloq», «Ot poyga», «Chavgon», «Xoʻroz urishtirish», «Qoʻchqor urishtirish», «Bedana urishtirish», «It urishtirish» va boshqalar).

Oʻzbek xalq Oʻ. lari avlodlarni tarbiyalashda «hayot maktabi» vazifasini oʻtagan. Oʻyinlar yosh avlodni aqlan, ruhan va jismonan barkamol boʻlib yetishishlarida muhim oʻrin egallab kelgan (yana q. Bolalar oʻyinlari).

Ad.: Usmonxoʻjaye v T., Xoʻjayev F., 1001 oʻyin, T., 1990.

Usmon Qoraboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x