OʻZGARUVCHAN TOK GENERATORI

OʻZGARUVCHAN TOK GENERATORIaylanma harakatining mexanik energiyasini oʻzgaruvchan tok elektr energiyasiga aylantiruvchi mashina. Sinxron va asinxron turlari boʻladi. Asinxron generatorlar kam (asosan, alohida elektr bilan taʼminlash tizimlarida) ishlatiladi; 20-asr 70-y. laridan boshlab amalda sinxron generatorlyar ishlatilmoqda. Uch fazali Oʻzgaruvchan tok generatori eng koʻp tarqalgan. Kuchli Oʻzgaruvchan tok generatori elektr st-yalarga oʻrnatiladi. Quvvati uncha katta boʻlmaganlari avtonom energiya bilan taʼminlash tizimlarida, chastota oʻzgartirgichlarda ishlatiladi, mexanik energiyani oʻzgaruvchan tok elektr energiyasiga (generator) yoki oʻzgaruvchan elektr tok energiyasini mexanik energiyaga (dvigatel) hamda oʻzgaruvchan tok elektr energiyasini boshqa kuchlanishli yoki boshqa chastotali elektr energiyasiga aylantiruvchi elektr mashina (oʻzgartirgich). Oʻzgaruvchan tok generatori asinxron elektr mashina va sinxron mashinaga (q. Sinxron generator) boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x