DORUSSALOM

DORUSSALOM (arab. — Tinchlik uyi) — Tanzaniyadagi shahar, Sohilboʻyi viloyatining maʼmuriy markazi. Axoliyey 1,7 mln. kishi (1998). Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Iqlimi subekvatorial, oʻrtacha t-rasi avg. da 23°, yanv. da 28°. Yiliga 1500 mm yogʻin yogʻadi.

Dorussalom 1862-y. da Zanzibar sultoni tomonidan baliqchilarning Mzizima qishlogʻi oʻrnida bunyod etilgan. 1887-y. da Germaniyaning Sharqiy Afrika kompaniyasi tomonidan bosib olingan. 1891-y. dan Germaniya Sharqiy Afrikasi maʼmuriy markazi. 1919-y. da ingliz qoʻshinlari tomonidan egallandi. 1919—61 y. larda Angliyaning Tanganika mustamlakasi maʼmuriy markazi, 1961-y. dan mustaqil Tanganika davlatining, 1964-y. dan 1993-y. gacha Tanzaniya davlati poytaxti. 1993-y. dan poytaxt Dodoma sh. ga koʻchirildi.

Dorussalom mamlakatning Hind okeani sohilidagi eng yirik porti. Avtomobil va t. y. tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, sement, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, toʻqimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat (goʻsht-konserva, tama-ki, un tortish), poyabzal va b. sanoat korxonalari bor. Mebel, metall idishlar, lok va boʻyoqlar ishlab chiqariladi. Kemasozlik rivojlangan. Baliqovlanadi. Dorussalomdan Zambiyaga neft quvuri oʻtkazilgan. Unt, botanika bogʻi, tarix-etn. muzeyi bor. Shahar yaqinida 13-a. da qurilgan masjid qoldiqlari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x