DOYAXOTIN KARVONSAROYI

DOYAXOTIN KARVONSAROYI — Turkmanistondagi 12-a. ga oid meʼmoriy yodgorlik. Qad. Amul (Chorjoʻy) dan Xorazmga boradigan karvon yoʻli (Amudaryoning chap qirgʻogʻi)da joylashgan. Mahalliy aholi orasida Boy xotin karvonsaroyi nomi bilan ham maʼlum (afsonaga koʻra, mashhur bir boy xotin qurdirgan). Binoning tarhi toʻgʻri toʻrtburchak (112x 125 m), tashqi burchaklari burj-minorali boʻlib, toʻgʻri toʻrtburchakli qoʻrgʻon oʻrtasiga qurilgan. Karvonsaroy oʻrtasida atrofi toqili ayvonlar bilan oʻralgan katta hovli (53×53 m) boʻlgan. Unda yoʻlovchilar uchun hujralar, ot-ulovga esa choʻzinchoq xonalar qurilib, tepasi balxi gumbaz bilan berkitilgan. Hovlining har tara-fi oʻrtasida peshtoqli ayvon va chorsi xona, hamda molxona va hujralarga ravoqlar orqali kirilgan. Devorlarning tashqi va ichki tomoni pishiq gʻishtdan, orasi esa xom gʻishtdan terilgan. Doyaxotin karvonsaroyining old (shim.sharq) tomoni ulkan, goʻzal peshtoq bilan bezalgan, gʻishtlari boʻylama va koʻndalang («archa» usulida) terilib, kufiy xatida toʻrt xalifa (Abu Bakr, Umar, Ali, Usmon) ning nomi yozilgan. Doyaxotin karvonsaroyi Buyuk ipak yoʻlidagi yirik jamoat savdo-sotiq inshooti sifatida Oʻrta Osiyo meʼmorligi sanʼatini oʻzida mujassam etgan noyob namuna.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x