DIATERMIYA

DIATERMIYA (dia… va yun. therme — issiqlik, qarorat) — elektr bilan davolash usullaridan biri, bunda gavda ichkarisidagi toʻqima va aʼzolar yuqori chastotali (1000—1650 kGs) va katta kuchli (3 A gacha) oʻzgaruvchan tok b-n isitiladi. Diatermiyada butun organizmni isit-may turib, gavdaning istalgan joyida ancha ichkaridagi toʻqimalar t-rasini tez koʻtarish mumkin. Bunda toʻqimalardagi issiqlik tashkaridan berilgan issiqlikka nisbatan uzoqroq ushlanib turadi. Toʻqimalarni qizdirish tufayli qon va limfa aylanishi yaxshilanadi, moddalar almashinuvi kuchayadi. Diatermiya leykotsitlarning himoya funksiyasini oshiradi, shu tufayli oʻrtacha oʻtkir va surunkali yalligʻlanish kasalliklarini davolashda koʻp qoʻllaniladi. Yuqori chastotali oʻzgaruvchan tok tebranishlari markaziy va periferik nerv sistemasining qoʻzgʻaluvchanligini kamaytirib, ogʻriqni bosadi, bu esa nevralgiya, nevrit, radikulit, bod va b. kasalliklarni davolashda qoʻl keladi. Skelet muskullari va ichki aʼzo (jumladan, qon tomiri) muskullari issikda boʻshashadi. Shuning uchun qon tomirlarining torayishiga aloqador kasalliklarga, siydik va oʻt yoʻllari, shuningdek, oʻt pufagi spazmiga, meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligiga davo qilishda Diatermiyadan foydalaniladi. Jar-roxlik, dermatologiya va b. sohalarda toʻqimalarni kuydirish va qirqish uchun Diatermiya qulay, chunki unda deyarli kon oqmaydi, ogʻriq kam boʻladi, oʻsma hujayralari va infeksiya tarqalish xavfi kamayadi (yana q. Diatermokoagulyatsiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x