Tohir Mahkamov — Onajonim kelmadingiz

Dardlarim dilim kuydirar,
Ulfatim ko`nglim to`ldirar,
G`animim kunda o`ldirar,
Onajonim kelmadingiz. (x2)

To`y qildim dushmanim keldi,
Suymagan, suyganim keldi, (x2)
Sog`inib, yig`lagim keldi,
Onajonim kelmadingiz. (x2)

Topolmadim sizdek sirdosh,
Dunyo ekan ko`p bag`ritosh,
Diydortalab ko`zimda yosh,
Onajonim kelmadingiz. (x2)

Ruhsorlari oyim onam,
Armonlarga boyim onam, (x2)
Sog`ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz. (x2)

Sizsiz koshonalar vayron,
Yuragim sanchar beomon,
Sog`indim-ku bugun yomon,
Onajonim kelmadingiz. (x2)

Qabringizga boshin qo`yib,
Mirzo yig`lar bag`rin o`yib, (x2)
Bir erkalang desam suyib,
Onajonim kelmadingiz. (x2)

Onajonim kelmadingiz… {x4}

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x