Tohir Mahkamov — Oq o’rdak

Oydin ko`lda oq o`rdak,
O`polmadim bo`ynidan,
Qanday tortib olaman
Endi birov qo`ynidan. (x2)

Ilinmadi, bu ko`lga
Men-da tuzoq qo`ygandim,
Zolim sayyod bo`lsam ham,
Oq o`rdakni suygandim.

Zolim sayyod bo`lsam ham,
Oq o`rdakni suygandim.

Sohillardan so`rasam,
Jilmayadi suv yuzi,
Yer yuzida bittadir,
Shu o`lkaning shu qizi.

Endi bo`ldi, bariga
Siltayurman qo`limni,
Bosib ketsin nilufar
O`rdagi yo`q ko`limni. (x2+x1)

Bosib ketsin nilufar
O`rdagi yo`q ko`limni.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x