KATALAZA

KATALAZA (yun. katalysis — buzilish) — oksidoreduktazalar sinfiga mansub ferment. Vodorod peroksid (N2O,)ning suv (N2O) bilan kislorod (O2) ga parchalanishini katalizlaydi: 2N2O2^2N2O+O2 Suvning quyi konsentratsiyalarida Katalaza quyi spirtlar, polifenollar va b. ni oksidlab peroksidazaga xos faollikni namoyon qiladi. Katalaza barcha hayvon va oʻsimliklar toʻqimalarida, asosan, sut emizuvchilar jigari va eritrotsidlarida hamda aerob mikroorganizmlarda mavjud. Mol. m. 225000—248000. K. ingibitorlariga koʻpchilik tuzlar (mas, sulfidlar, sianidlar, azidlar, ftoridlar) kiradi. Katalazaning biologik funksiyasi toʻqima membranalarini N2O2 dan, superoksiddismutaza bilan birgalikda esa superoksid radikalidan himoya qilishdir. Odam eritrotsidlaridagi Katalaza faolligini aniklash tibbiyotda baʼzi kasalliklarga tashhis qoʻyishda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x