YAKANDOSHLAR

YAKANDOSHLAR — bir urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Bir yillik yoki koʻp yillik oʻtlardan, baʼzan butalardan iborat. Barglari qinli va chiziqsimon yoki silindrsimon yaproqli; baʼzi barglari reduksiyalanib, qinga aylangan. Gullari mayda, koʻrimsiz, toʻgʻri, ikki jinsli, kallaksimon, roʻvaksimon yoki soyabonsimon toʻpgullarga yigʻilgan, shamol yordamida changlanadi. Mevasi koʻp yoki 3 urugʻli koʻsakcha. Yakandoshlarga 8 turkum, 300 ga yaqin tur kiradi. Yakandoshlar moʻtadil va sovuq mintaqalarda, tropiklarning baland togʻlarida koʻpincha zax, botqoq joylarda oʻsadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x