DARZANGI

DARZANGI — Oʻzoskistonning jan. dagi qad. shaqar xarobasi (mil. 1 — 13-a. boshi). Surxondaryo viloyatidagi Bandi-xonsoy (Koʻkjara)ning Surxondaryoga quyilish yerida, Qumqoʻrgʻonning gʻarbidagi Jaloir qishlogʻi yaqinida, Termizdan 62 km masofada joylashgan. Shahar xarobalari 50 ga maydonni egallaydi. Arab geograflarining bergan maʼlumotlariga koʻra, Darzangi aholi zich yashaydigan goʻzal shahar boʻlib, atrofi xandaq bilan oʻrab olingan, jome masjidi bozorlar orasida joylashgan, shahar aholisi «Chagʻoniyon daryosi» su-vidan ichgan, shuningdek, shahar chetidan yana bir boshqa daryo ham oʻtgan. Darzangi aholisi asosan toʻqimachilik bilan mashgʻul boʻlib turli xil liboslar tikishgan, shuningdek, pichoq qinlari, tasmalar, namat, gilamlar i. ch. bilan mashhur boʻlishgan. Darzangida chekka oʻlkalarga chiqarish uchun jundan maxsus «chaydam» matosi tayyorlangan, uning koʻrinishi yupqa kigizga oʻxshash boʻlib, u jun adyol yoxud yomgʻirpoʻsh vazifasini oʻtagan (Mahmud Koshgʻariy).

Shahar xarobasidan chiqqan arxeologik topilmalar toʻqimachilik Kushon podsholigi davridan boshlab Darzangi aholisining anʼanaviy mashgʻuloti boʻlib kelganligini tasdiqlaydi.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x