DARDANELL BOʻGʻOZI

DARDANELL BOʻGʻOZI (turkcha Chanoqqalʼa boʻgʻozi, yun. Gellespont – Gellar dengizi) – Yevropa (Bolqon ya. o.) b-n Osiyo (Kichik Osiyo ya. o.) oʻrtasidagi boʻgʻozlardan biri. Marmar va Egey dengizlarini qoʻshib turadi. Dardanell boʻgʻozi aslida daryo vodiysi boʻlib, quruklikning choʻkishi natijasida dengiz boʻgʻoziga aylangan. Uz. 120,5 km, eni 1,3—27 km, chuq. 29—153 m. Qirgʻoqlari qumtosh, ohaktoshlardan tarkib topgan boʻlib, siyrak oʻsimlik bilan qoplangan. Shim.sharqdan jan.-gʻarbga oqadigan yuza oqim Marmar dengizidan chuchukroq (shoʻrligi 25,5%o) suv olib ketadi, tezligi 2-6 km/soat. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa oqadigan suv osti oqimi Egey dengizidan shoʻr (shoʻrligi 38,5%O gacha) suv keltiradi. Dardanell boʻgʻozining Yevropa sohilida Gelibolu, Osiyo sohilida Chanoqqalʼa portlari joylashgan (D. b. ning xalqarohuquqiy va iqtisodiy ahamiyati haqida Qora dengiz boʻgʻotzlari maqolasiga q.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x