CHIZMACHILIK

CHIZMACHILIK — obyektlar (turli mashinalar, mexanizmlar, binolar, inshootlar va b.)ning chizmalarini, sxemalar, xaritalar va grafiklarni chizishga, turli buyumlarning tasvirlarini yasashga oid krnunkridalar va usullarni oʻz ichiga olgan texnika fani; chizmalar, loyihalarni chizish bilan shugʻullanish. Chizmachilikning asosini geometriya, chizma geometriya fanlari tashkil etadi. Vazifasi — chizmachilik asboblaridan foydalanib turli buyumlarning tasvirlarini, loyihalar va eskizlarini chizishga, chizilgan chizmalarni oʻqishga, aksonometriya yasashga oʻrganish. Chizmachilikning mazmuni va hajmi uning fan va texnikaning qaysi sohasi uchun moʻljallanganligiga qarab aniklanadi. Chizmachilik fanining boʻlimlari: geometrik Chizmachilik ; proyeksion Chizmachilik ; mashinasozlik Chizmachiliki, qurilish Ch. i va b. Geo metrik Chizmachilikda chizmachilik asboblari, chizmalarni rasmiylashtirish, geometrik yasashlar, tutashmalar va egri chiziklar oʻrganiladi. P royeksion Chizmachilikda nuqta, toʻgʻri chiziq, tekis shakllar, geometrik jismlarning tasvirlarini yasash va ularning oʻzaro vaziyatiga oid masalalar, aksonometrik tasvirlar va b. koʻriladi. Mashinasozlik Chizmachilik ida chizmalarning turlari, koʻrinishlar, qirqimlar, kesimlar, rezbalar va b., qurilish Chizmachilik ida esa bino qismlari, sanitariya texnikasi buyumlarining shartli belgilari hamda bino va inshootlarning chizmalari oʻrganiladi. Chizmalar (sxemalar, xaritalar va grafiklar)ni chizish bilan shugʻullanuvchi kishilar chizmakashlar deb ataladi. Turli sohalarning muqandislari, konstruktorlari va loyihachilari chizmakashlikni bilishlari shart.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x