HAKIMOV

HAKIMOV Jalil (1920. 16.5 – Toshkent — 1980.29.10) — naqqosh. Toshkent naqqoshligining yirik vakili; Oʻzbekiston xalqrassomi (1969). Toshkent badiiy oʻquv-ishlab chiqarish k-tida Olimjon Qosimjonovsgn taʼlim olgan (1935—38). 1948-y. gacha umumiy taʼlim maktablarida oʻqituvchi, 1948-y. dan Ostrovskiy nomidagi pi-onerlar saroyida toʻgarak rahbari, 1951-y. dan Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida naq-qoshlikdan dars bergan. Hakimov qogʻoz, yogʻoch, ganchga boʻyama naqsh ishlash sanʼati (ay-niqsa handasiy naqshlar yechimi)ni puxta egallagan, usta ijodida gulli girihni koʻp qoʻllab ajoyib bezaklar ishlagan; u yaratgan naqshlar, mujas-samotlar aniqligi, mayda qismlarga boyligi, oʻziga xos yorqin yashil rangli koloriti, ranglar uygʻunligi hamda nafosati bilan diqqatga sazovor. Toshkentdagi «Moviy gumbazlar» choyxonasi (1970); Toshkent markaziy univer-magi (1971), Toshkent vokzali (1978) va b. jamoat binolaridagi naqshin bezaklar ustaning mahoratidan darak beradi. Hakimov, shuningdek, meʼmoriy obi-dalar (Amaliy sanʼat muzeyi binosi va b.)ni taʼmirlashda qatnashgan. Hakimov bezagan xontaxta, kursi, quticha va b. buyumlar respublika va chet mamlakatlardagi koʻrgazmalarda namoyish etilib, yuqori baholangan. Ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi. Hakimov koʻplab shogirdlar (A. Ilhomov, K. Karimov, M. Toʻrayev va b.) yetishtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x