JANUBI-SHARQIY OSIYO

JANUBI-SHARQIY OSIYO — Osiyoning jan.-sharqidagi tabiiy geografik oblast. Hindixitoy ya. o., Malay arxipelagi va unga yondosh hududlarni oʻz ichiga oladi. Mayd. 4,5 mln. km2. Axolisi 463 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Relyefi oʻrtacha balandlikdagi togʻ va tekisliklardan iborat. Tropik oʻrmon va savannalar keng tarqalgan. Iqlimi nam ekvatorial va subekvatorial mussonli iqlim. J.-Sh. O. da Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin davlatlari joylashgan. Baʼzan J.Sh. O. da joylashgan davlatlarni Jan. Osiyo tarkibiga ham kiritadilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x