CHIMBOY

CHIMBOYQoraqalpogʻiston Respublikasi Chimbry tumanidagi shahar (1974-y. dan), tuman markazi. Amudaryo deltasida, Kegeyli kanalining har ikkala sohilida, Nukus t. y. stansiyasidan 56 km. Aholisi 46,2 ming kishi (2004).

Chimboy 17-a. da baliqchilar va chorvadorlar qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1976—77 y. larda shahar hududida qoraqalpoq arxeologlari tomonidan oʻtkazilgan qazishma ishlari natijasida bu yerdan 7—8-a. larga oid ashyolar topilgan. Taryxiy manbalarda Chimboy dastlabʻ Shoxtemir deb yuritilgan. 1643-y. da bu qalʼa Xiva xonligining Orol dengizi jan. sohilidagi hududlarining markazi boʻlgan. 1740-y. da Xivaga kelishda poruchik Gladishev Shoxtemirdan oʻtgan. 1741-y. geodezist Muravin tuzgan xaritada ham Shoxtemir koʻrsatilgan.

1890-y. da Chimboyda rustuzem maktabi va tibbiy punkt ochilgan. 20-a. ning 1choragida bu yerda 80 ta savdo doʻkoni boʻlgan. Chimboylik savdogarlar Orenburgdan matolar va b. mollarni olib kelishgan. 1907—08 y. larda beda urugʻi va b. turli mahsulotlar Rossiya, AQSH, Germaniyaga eksport qilingan. Shu davrda Chimboyda paxta tozalash, yogʻmoy, koʻnteri zdlari qurilgan; 1913-y. da beda urugʻini tozalash zdi ishga tushirilgan. 1916-y. da Chimboy aholisi rus podsho hukumatining mahalliy aholini mardikorlikka olishga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 1919-y. da Chimboyda yangi maktablar ochilgan. 1920-y. da Amudaryo viloyati tuzilib, u ikki uyezdga (Shoʻraxon va Chimboy) boʻlingan. Oʻsha yili Chimboyda bolalar internati faoliyat koʻrsata boshlagan. Chimboyga 1927-y. da shaharcha maqomi berilgan. 1980-y. t. y. oʻtkazildi.

Chimboyda paxta tozalash, yogʻmoy, keramika, asfaltbeton zdlari, mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Qoraqalpogʻiston q. x. ilmiy tadqiqot inti, naslchilik styasi, umumiy taʼlim maktablari, ped. kasbhunar kolleji, kutubxonalar, klub muassasalari, madaniyat uylari, oʻquvchilar madaniyat saroyi mavjud. Kasalxona, tugʻruqxona va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x