CHILLAKI

CHILLAKI — 1) mahalliy ertapishar xoʻraki uzum navi. Chillakining Qizil Ch. va Oq Ch. xillari bor. Uzbekistan, Tojikiston, Qirgizistonda tarqalgan. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Tupi oʻrtacha usadi. Bargi mayda (diametri 8—10 sm), toʻgarak, chuqur kertikli, besh boʻlmali, toʻq yashil, nafis, silliq. Guli ikki jinsli. Uzumi iyunning 2yarmida pishadi. Uzum boshi 200—250 g, konussimon, tigʻiz. Gʻujumi oʻrtacha, dumaloq (Qizil Chillaki niki toʻq qizil, oq Chillaki niki novvotrangsargʻish), shirinligi oʻrtacha, poʻsti yupqa. Tarkibida 14—15% qand, 3—3,5% kislota bor. Hosildorligi 80—100 s/ga. Asosan, yangiligida isteʼmol qilinadi. Zamburugʻli kasalliklarga (ayniqsa, Qizil Chillaki) chidamsiz. Toshkent, Fargʻona, Samarqand viloyatlarida koʻp uchraydi;

2) ekinlarning ertapishar navlari.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x