CHINGIZIYLAR

CHINGIZIYLAR — Moʻgʻullar davlatining asoschisi va xoni (1206-y. dan) Chingizxon nomidan kelib chiqqan, Osiyo va Sharqiy Yevropada hukmronlik qilgan sulola. Moʻgʻullar davlati hukmdorlari: Chingizxon (1206—27), Tulixon (1227— 29), Oʻqgoy qoon (1229—42), Turakina xotun (1242—46), Kuyuk (Guyuk) qoon (1246—48), Munke (Mangu) qoon (125159), Xubilay (125994), Oʻljaytu — Temur qoon (1295 — 1307), Xaysanqulug qoon (1307—11), Ayurbaribad — Buyantu qoon (1311—20), Shidebala — Gegen qoon (1320—23), Yesun — Temur qoon (1324—28), Xoʻshila qoon (1328), TugʻTemur qoon (1328 — 32), Irijinbal qoon (1332), Toʻgʻon Temur (1333—70), Ayushiridor qoon (1370—78), Toʻkus Temur qoon (1378 — 88). Joʻji ulusi (Oltin Oʻrda) hukmdorlari: Joʻji (1224— 27), Botu (1227 — 56), Berkaxon (1256— 66), Mangu Temur (1266—?), Tuda Mangu (?), Toʻla bugʻa (?), Toʻxtaxon (1290—1312), Oʻzbekxon (1312—40), Jonibekxon (134057), Berdibekxon (135759), Navroʻz (1359 — 60), Xizrxon (1360—61), Mardud (Murud)( 1361 — 63), Murodxoʻja (1363), Qutlugʻxoja (1364), Oʻrusxon (1364 — 75), Toʻqtaqiya (1375), Temur Malik (137576), Toʻxtamishxon (137696), Temur Qutlugʻ (1396—99), Shodibek (1399-1407).

Iroq (Ozarbayjon, Fors, Xuroson, Kermon va Eronning Gʻarbi)da hukm surgan Chingiziylar (hukmdorlar): Hulokuxon (125665), Abaqaxon (1265-82), Ahmadxon (1282 — 84), Argʻunxon (1284—91), Keyxotu (Gayxatu)xon (1291—95), Boyduxon (1295), Gʻozonxon (1295—1304), Oʻljaytuxon (1304 — 16), Abu Saʼid Bahodirxon (1316 — 35), Ariaxon (1335—36), Musoxon (1336), Sulton Muhammadxon (1336 — 38), Tagʻoy Temurxon (1338; 1341—51), Sulaymonxon (1339—41).

Sharkda Oltoydan to gʻarbda Amudaryogacha, Gʻuljadan Samarkandu Buxorogacha boʻlgan hududda, asosan, Chingizxonning 2oʻgʻli Chigʻatoy naslidan boʻlgan (q. Chigʻatoiylar) xonlar hukm surgan.

Ad.: RashidadDin, Sbornik letopisey, t.2, M. L., 1960; Abulgoziy, Shajarayiturk, T., 1992; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994; Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x