ChEX TILI

ChEX TILI — hindevropa tillari oilasidagi slavyan guruhining sharqiy slavyan guruhchasiga mansub tillardan biri, Chexiya Respublikasining rasmiy tili. Asosan, Chexiyada (8,5 mln. kishi), shuningdek, Slovakiya, AQSH, Kanada, Germaniya va b. mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 mln. kishidan ortiq (oʻtgan asrning 90-y.

lari urtalari).

Chex tili 4 lahjaga bulinadi:

1) asl chex (markazi Praga bulgan urta chex, jan. gʻarbiy, shim. sharqiy shevalar);

2) ganak (ganas);

3) lyash (silez);

4) moravslovak. Fonetik xususiyatlari: suz maʼnolari va shakllarini farklashga xizmat qiladigan choʻziq va qisqa unlilarning mavjudligi, qattiqlik va yumshoklik buyicha moye keluvchi 3 juft undoshning borligi va b. Morfologik xususiyatlari: otlar turlanishi va feʼllar tuslanishining xilmaxil turlari, 3 ta jins kategoriyasi, 2 xil son kategoriyasining mavjudligi, sodda utgan zamon shaklining yukligi va b.

Adabiy Chex tili urta chex shevalari asosida shakllangan. Dastlabki yozma yodgorligi 13a:ga mansub. 15—16-a. larda adabiy til barqarorlashgan, lekin 1620-y. dan 18-a. oxirigacha Chexiya Gabsburglar sulolasi qoʻl ostida bulib, rasmiy til nemis tili boʻlganligidan Chex tili rivojlanmay qolgan. 18-a. oxiri — 19-a. boshida Chex tili 16—17-a. lar adabiyoti asosida qayta tugʻiladi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x