ChERNOV

ChERNOV — Dmitriy Konstantinovich (1839, Peterburg — 1921, Yalta) — metallurgiya va metallshunoslik sohalari boʻyicha rus olimi, hoz. zamon metallshunosligi asoschisi, rus metallurgiya va metallshunoslari yirik ilmiy maktabini yaratgan. Peterburg amaliy texnologiya intini tugatgan (1858), shu intda oʻqituvchilik qilgan (1859—66), Peterburg ggoʻlat quyish zdida muhandis boʻlib ishlagan (1866-y. dan), Donbassda toshtuz konlari qidirish bilan shugʻullangan (1880—84), Peterburgda Dengiz texnikasi kombinatida ishlagan (1884-y. dan). Chernov 1889-y. dan Mixaylov art. akademiyasida prof.

Asosiy ilmiy ishlari metallarga termik ishlov berish masalalariga doyr. Chernov poʻlatni qattiq holatda qizdirganda va sovitganda uning fazaviy uzgarishini kashf etdi, shu jarayondagi kritik nuqtani anikladi. Poʻlatni qizdirishda yuz beradigan ichkipolimorfik oʻzgarishlarni taʼminlaydigan nuqta «Chernov nuqtasi» deb ataladi. Chernov poʻlat quymasining kristallanishi va strukturasi nazariyasini ishlab chiqdi. Uning metallarga doyr olib borgan tadqiqotlari hoz. zamon metallshunosligi va poʻlatni termik ishlash masalalarini ilmiy va amaliy jihatdan asoslab berdi. Chernovning metallurgiya texnikasini takomillashtirishga doyr ishlari juda muhim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x