BOLOR QOʻYDI

BOLOR QOʻYDI, bolor oshirdi (toʻsin chiqardi) — uy-joy qurish b-n bogʻliq marosimlardan biri, uyning devori tiklangach, birinchi bolor (toʻsin) chiqariladi. Shunda quruvchi ustalar «bolor oʻtirmayapti» deyishadi. Uy egasi ustalarga bittadan yo koʻilak, yo chorsi beradi. Mana shundan keyin uyning bolorlari chiqariladi, ustalarga, qurilishda yordam berayotgan va hozir boʻlganlarga ziyofat beriladi. Bolor qoʻydi (oshirdi) marosimi uyning … Читать далее

VAYANGON

VAYANGON, Uyongan (Uygʻongan) b o b o — qad. shahar xarobasi (mil. 1 — 4-a. lar, 9—14-a. lar). Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi Manaq (Am-barmanoq) posyolkasidan 1,5 km jan.-sharqda joylashgan. Vayangonni 1949—50 y. larda Ya. Gʻ. Gʻulomov tadqiq etib shahar hayotini 2 bosqichga: kushonlar davri (1—4-a. lar) va oʻrta asrlar (9—13-a. lar)ga ajratgan. 1973—74 y. larda … Читать далее

ARSLONQUYRUQ

ARSLONQUYRUQ (Leonurus L.) — yalpizdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik va bir yillik oʻtlar turkumi. 14 turi maʼlum. Oʻrta Osiyoda 4 turi oʻsadi. Yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, saponinlar — oshlovchi va b. moddalar bor. Damlama va nastoykasi yurak, gipertoniya kasalliklari, asabiylikda (tinchlantiruvchi dori sifatida) qoʻllaniladi. Toshkent Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi togʻli yerlarda 2 turi uchraydi. … Читать далее

ARSAF

ARSAF — Xurosonda, Hirotdan gʻarbdagi choʻl. Amir Temur 1362-y. Seyistonda boʻlgan janglarning birida yarador boʻlganidan soʻng bir oy shu choʻdda dam olib, davolangan va moʻgʻullarga qarshi kurashish uchun askar toʻplagan.

BOLASOGʻUN

BOLASOGʻUN — oʻrta asrlardagi yirik shahar (7—14-a. lar). Qad. Yettisuv viloyatining markazi. Uning xarobalari Toʻqmoq sh. (Qirgʻiziston) ning jan. gʻarbida, 12 km masofa (Chu vodiysi) da joylashgan. Tarixda Goʻbaliq («Yaxshi shahar»), baʼzan Koʻzbaliq, Qoʻz ulush, Xosun ordu (Kuchli Oʻrda) deb hamatalgan. Bolasogʻun 11—12-a. 1-yarmigacha^oraxoniylarʼa 12-a. 2-yarmidan qoraxitoylariint poytaxti. 14-a. dagi oʻzarourushlar natijasida vayron boʻlgan. Maxmud … Читать далее

VAFO

VAFO (taxallusi; asl ismi Habib Axmad) (1900.13.7-1936.21.7) – hind yozuvchisi. Zamonaviy hind adabiyoti asoschilaridan. Urdu tilida ijod qilgan. Vafo isyonkor ruxdagi dastlabki sheʼr va qoʻshiqlarida ingliz mustamlakachilarini fosh etgani uchun taʼqib qilingach, Afgʻonistonga ketgan (1921). «Kishandagi Hindiston» (1929), «Boy berilgan ish tashlash» (1930), «Sayoq qoʻshiqchi» (1932), «Girni Kamgar» (1931), «Yulduzlar» (1935) asarlarida milliy ozodlik harakati … Читать далее

ARRA

ARRA — yogʻoch, metall, tosh, suyak, shox, sadaf va b. ni kesish va qirqish uchun ishlatiladigan qirra tishli asbob. Poʻlat plastinka va disksimon qilib yasaladi. Turlari: bir kishi ishlatadigan Arra — dastarra (qoʻlarra), ikki kishi ishlatadigan Arra — gʻoʻlabur Arra, yogʻochdan noziq buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan Arra — taxtabur A. Shakli va ishlatilishiga koʻra, pushtakli arracha, … Читать далее

BOLALAR KUTUBXONASI

BOLALAR KUTUBXONASI — maktab yoshidagi bolalar va usmirlarga xizmat koʻrsatadigan muassasa. Oʻzbekistonda bunday kutubxonalar ommaviy ravishda 30-y. larda vujudga kela boshlagan. Yosh avlodni davr talabi darajasida tarbiyalashda Bolalar kutubxonasi muhim ahamiyatga ega. Bolalar kutubxonasining kitob jamgarmasi tarbiya vazifalari va kitobxonlarning yosh xususiyatlariga muvofiq tashkil etiladi. Kitob oʻqish yuzasidan bolalarga yakka tartibda yoʻlyoʻriq koʻrsatiladi, turli ommaviy … Читать далее