ARSLONQUYRUQ

ARSLONQUYRUQ (Leonurus L.) — yalpizdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik va bir yillik oʻtlar turkumi. 14 turi maʼlum. Oʻrta Osiyoda 4 turi oʻsadi. Yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, saponinlar — oshlovchi va b. moddalar bor. Damlama va nastoykasi yurak, gipertoniya kasalliklari, asabiylikda (tinchlantiruvchi dori sifatida) qoʻllaniladi. Toshkent Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi togʻli yerlarda 2 turi uchraydi. Shundan Turkiston A. (L.turcestanicus) ni xalq yuqoridagi kasalliklarni davolashda ishlatib kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x