BOLGʻALASH MASHINASI

BOLGʻALASH MASHINASI — metall zagotovkalarga zarb va bosim bilan ishlov beradigan mashina. Bolgalash, hajmiy va yassi shtamplashda ishlatiladigan xillari bor. B. m. ning bugʻ yoki qisilgan havodan ishlaydigan bugʻhavo, ish porshenlari va kompressor porshenlari orasidagi havoning siqilishi va siyraklanishi hisobiga ishlaydigan pnevmatik, harakatlanuvchi qismlari dvigatel b-n mexanik tarzda bogʻlangan mexanik, yuqori bosimli suyuqlik bilan harakatga … Читать далее

VEZER

VEZER — Germaniya shim. dagi daryo, Shimoliy dengizga quyiladi. Verra va Fulda daryolarining Myunden sh. yonida qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uz. 440 km (irmogʻi Verra boshidan hisoblaganda 724 km); eng katta irmogʻi — Aller. Havzasining mayd. 46 ming km2. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahorda toshadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyi oqimida 312 m3/sek. Kichikroq GESlar … Читать далее

ARXEOTSIATLAR

ARXEOTSIATLAR (Archeocyathida) — qirilib ketgan umurtqasiz jonivorlar turkumi. Boʻyi 6 — 8 sm, eni 1—2 sm. Kembriy davridagi dengizlarda yashagan. Arxeotsiatlar gʻuj boʻlib toʻplangan joylarda keyincha riflar vujudga kelgan. 100 m gacha chuqurlikdagi suv tubiga yopishib yashagan. Yer yuzidan Arxeotsiatlar qariyb 400 turining qoldiqlari topilgan. Ular yordamida kembriy davri yotqiziqlari oʻrganilib, ularning stratigrafik sxemasi tuziladi.

ARXEY

ARXEY (yun. archaios — qadimiy) — tokembriyntg eng yirik ikki boʻlinmasidan quyisi. Yuqori chegarasi 2,6 mlrd. yil avvalga toʻgʻri keladi. Dunyoning koʻp joylarida kuchli metamorfiklashgan togʻ jinslari kurinishida namoyon boʻlgan.

BOLYAY

BOLYAY (Boyai) Yanosh [1802.15.12, Kolojvar (Kluj) — 1860. 27.1, Maroshvasharxey (TirguMuresh] — venger matematigi. Noevklid geometriya gʻoyalariga mustaqil ravishda kelgan. Talabalik yillaridayoq, parallel chiziqlar haqidagi postulatni isbotlash b-n shugʻullana boshlagan, keyinchalik ham bu ishlarini davom ettirgan. Bolyay oʻz tadqiqotlarini tartibga solib, 1832-y. da «Appendiks» asarini nashr qildirdi. Bu asar eng mukammal matematik asarlar jumlasiga kiradi. … Читать далее

VEGETATIV NERV SISTEMASI

VEGETATIV NERV SISTEMASI (lot. vegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) — odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; V. n. s. ning tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo Vegetativ nerv sistemasi animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat … Читать далее

ARUBA

ARUBA — Jan. Amerikaning shim. qirgʻogʻi yaqinidagi orol. Shamolsiz orollar toʻdasiga kiradi. Mayd. 190 km2. Bal. 188 m gacha. Aholisi 67 ming kishi (1991), asosan negrlar va mulatlar. Niderlandiya Antil o. lari tarkibida. 1986-y. 1 yanv. dan qisman oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilgan. Neftni qayta ishlash sanoatining yirik markazi. Bosh shahri — Oranyestad. Vulkanik orol. … Читать далее

BOLTACHI (TABARDOR) MUHAMMAD POSHO

BOLTACHI (TABARDOR) MUHAMMAD POSHO (1660—1712) Usmonli turk imperiyasi sultoni Ahmadxon III davri (1703—30) dagi sadri aʼzam. Oʻsmirlik chogʻida sulton saroyiga kelib, boltachilar safiga xizmatga kirgan. Xushroʻy va xushovoz boʻlganidan edda «Xushroʻy muazzin» degan nom bilan tanilgan. 1704-y. sulton Ahmadxon III uni bosh miroxur etib tayinlagan, bir yildan keyin esa sadri aʼzam lavozimiga koʻtargan. 18 oy … Читать далее

VAQGNI OʻLCHASH

VAQGNI OʻLCHASH — tezligi yoki takrorlanish davri maʼlum boʻlgan jarayonni (mas., Yerning Quyosh atrofida aylanish davrini) oʻrganilayotgan jarayon (mas., atom reaksiyalarining oʻtish vaqti) b-n solishtirish (q. Vaqt). Пост Навигацияси